Yordam
Andazani qanday chop etish kerak
Uyda, oddiy printerda
Chop etish sozlamalarida masshtabni albatta 100% qiling («sahifaga moslash» emas). Birinchi betda 5×5 sm nazorat kvadrati bor — yelimlashdan oldin chizg'ich bilan o'lchab ko'ring.
Nusxa markazida, bitta varaqda
A0 faylini plotteri bor istalgan nusxa markaziga bering va masshtabsiz chop etishni so'rang. Odatda varaqqa 5–10 ming so'm — tezroq va yelimlash shart emas.
O'lchamlar jadvali
O'lchovni ichki kiyim ustidan oling; santimetr lenta zich yotsin, lekin tortmasin.
| O'lcham | Ko'krak | Bel | Son |
|---|---|---|---|
| 40 | 84 | 64 | 90 |
| 42 | 88 | 68 | 94 |
| 44 | 92 | 72 | 98 |
| 46 | 96 | 76 | 102 |
| 48 | 100 | 80 | 106 |
| 50 | 104 | 85 | 110 |
| 52 | 108 | 90 | 114 |
| 54 | 113 | 95 | 119 |
| 56 | 118 | 100 | 124 |
O'lchamlar santimetrda, tana aylanasi bo'yicha.
Ommaviy oferta
Andaza fayli shaxsiy foydalanish va tikilgan kiyimni sotish uchun mo'ljallangan. Faylning o'zini qayta sotish, e'lon qilish yoki uchinchi shaxsga berish taqiqlanadi. Raqamli tovar qaytarilmaydi — fayl ochilmasa yoki o'lcham noto'g'ri kelsa, yozing, almashtiramiz.